“Ikki buyuk siymo” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

🗓 Joriy yilning 9-fevral kuni Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi 160-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda maktab faollar zalida “Ikki buyuk siymo” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

✨ Tadbir buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlarga bag‘ishlandi.

📖 Tadbir davomida Navoiy va Bobur hayoti hamda boy ijodiy merosi haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar tomonidan g‘azal va she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, mazmunli chiqishlar orqali bayramona ruh yaratildi.

🌿 Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlod qalbida kitobga muhabbat, milliy adabiyotimizga hurmat va buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх