“Kitob – bu inson ongining eng sokin dorixonasidir.”

🧠 Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kitob mutolaa qilish stressni kamaytirishning eng samarali usullaridan biridir. Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, atigi 6 daqiqa kitob o‘qish insondagi stress darajasini 60 foizdan ortiq kamaytirishga yordam berishi mumkin.
📖 Mutolaa jarayonida miya tinchlanadi, yurak urishi me’yorlashadi va ong kundalik tashvishlardan chalg‘iydi. Shu bois mutaxassislar kitob o‘qishni ruhiy hordiq chiqarishning eng foydali odatlaridan biri sifatida tavsiya etadilar.
🌿 Qizig‘i shundaki, ayrim tadqiqotlarda kitob mutolaasi stressni kamaytirishda musiqa tinglash, choy ichish yoki sayr qilish kabi mashg‘ulotlarga nisbatan ham samaraliroq ekani qayd etilgan.
✨ Har kuni bir necha daqiqa kitob mutolaa qiling — qalbingizga xotirjamlik, ongingizga esa yangi bilimlar hadya eting!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх