
Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi Sizni muborak 75 yoshli tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan tabriklaydi!
Siz nafaqat iste’dodli shoir va mohir tarjimon, balki ma’rifat va kitobxonlik targ’ibotiga ulkan hissa qo’shib kelayotgan fidoyi ijodkorsiz.
Ayniqsa, 2020–2023-yillar davomida Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazida samarali faoliyat yuritib, mahallalar, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalarida kitobxonlikni keng targ’ib etish, yoshlar qalbida mutolaa madaniyatini shakllantirish yo’lida olib borgan samarali faoliyatingiz barchamizning yuksak e’tirofimizga sazovordir.
Bugun ham Sizning samimiy maslahatlaringiz, hayotiy tajribangiz va boy ijodingiz biz uchun bebaho ma’naviy maktab bo’lib xizmat qilmoqda.
Sizga Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi rivoji hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo’lidagi xizmatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Fidokorona mehnatingiz, ustozlik fazilatlaringiz va ma’rifat yo’lidagi ezgu sa’y-harakatlaringiz qalblarda hamisha yuksak qadrlanadi.
Sizga mustahkam sog’liq, uzoq va barakali umr, oilaviy baxt-saodat hamda bitmas-tuganmas ijodiy ilhom tilaymiz. Qalamingizdan yangi-yangi durdona asarlar yaralib, xalqimiz ma’naviyati va yoshlar tarbiyasiga xizmat qilishda davom etsin.
75 yosh muborak bo’lsin, aziz va qadrli ustoz! 🌹





