✨ Tillar va madaniyatlar har xil boʻlishi mumkin, ammo insoniylik va samimiy doʻstlik rishtalari chegara bilmaydi.
Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan barcha kitobxonlarimizga millatlararo hamjihatlik, mehr-oqibat hamda bagʻrikenglik ruhini targʻib etuvchi ajoyib asarni tavsiya etamiz!
📖 Gʻafur Gʻulom — "Shum bola"
Aksariyatimizga begʻubor kulgusi va shoʻx sarguzashtlari bilan yaxshi tanish boʻlgan bu qissa, aslida, teran insoniy munosabatlarni aks ettiradi. Asarda Markaziy Osiyo, Kavkaz va boshqa xalqlar vakillarining turmush tarzi, ularning oʻzaro samimiy muloqoti hamda har qanday qiyin va sinovli damlarda ham odamiylik, doʻstlik va mehmondoʻstlik har narsadan ustun turishi yuksak mahorat bilan tasvirlangan.
Shum bolaning sarguzashtli yoʻli orqali turli millatlar ruhiyati va birdamligini qayta kashf eting.
Barchangizni axborot-kutubxona markazimizda ushbu va boshqa sara asarlar mutolaasi uchun kutib qolamiz!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Faceb
