✍🏻Deyl Karnegining "Do‘stlar orttirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish xususida" — shaxsiy rivojlanish va samarali muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim asarlardan biridir.
📎 Kitobda muallif insonlar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda jamoa va jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini hayotiy misollar asosida bayon etadi. Asarda yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, fikrni ravon va asosli ifoda etish, muomala jarayonida hurmat va e’tibor qozonish masalalariga alohida urg‘u berilgan.
📝 Ushbu asar keng kitobxonlar ommasi, ayniqsa yoshlar, pedagoglar, rahbar xodimlar hamda shaxsiy va kasbiy kamolotga intiluvchi barcha o‘quvchilar uchun tavsiya etiladi.
✨ Mutolaa qiling — muloqotingiz va tafakkuringiz boyiydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter