#MutolaaUchunTavsiya

📖 O‘tkir Hoshimov — "Ikki eshik orasi"
Inson taqdiri, urushning ayanchli oqibatlari, mehr, sabr va matonat haqida so‘z yurituvchi ushbu roman o‘zbek adabiyotining eng sara asarlaridan biridir.
Asarda urush tufayli iztirob chekkan insonlar hayoti, ota-onalarning cheksiz sog‘inchi va qalb dardi nihoyatda ta'sirchan tasvirlangan. Ayniqsa, Qora amma obrazi orqali mehribon, bardoshli va jafokash o‘zbek onalarining yorqin siymosi gavdalanadi. U boshiga tushgan barcha sinovlarga sabr bilan bardosh berib, yashash uchun kuch topa oladi.
Asardagi eng ta'sirli sahnalardan biri Qora ammaning urushdan qaytmagan o‘g‘li Kimsanni kutib aytgan iztirobli so‘zlaridir. Bu satrlar urushning nafaqat jang maydonida, balki har bir ona qalbida qoldirgan bitmas jarohatini his ettiradi.

🌿 "Ikki eshik orasi" — hayot, insoniylik, vijdon, mehr va sabr haqida chuqur mushohada qilishga undaydigan, har bir kitobxon mutolaa qilishi tavsiya etiladigan asardir.

Прокрутить вверх