
Qarorga ko‘ra, barcha vazirlik va idoralarda:
— 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi;
— har yili kamida 3 ta kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlar mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilinib, malakali mutaxassislar ishtirokida izohlar, lug‘at va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;
— 2026-yil 1-aprelga qadar o‘zida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi hamda xodimlar uchun har oyda “Kitob o‘qish soati” yo‘lga qo‘yiladi;
— kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;
— tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.
Shuningdek, eng ko‘p kitob o‘qigan top-100 talikka kiradigan o‘quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.