«Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi — 45 yoshda»

🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi tashkil etilganining 45 yilligi munosabati bilan eslatma taqdim etiladi.
🏛 Ushbu muzey rus adabiyotining ulug‘ shoiri Sergey Yeseninning hayoti va ijodiy merosini o‘rganish, uning Toshkentga qilgan tarixiy safari hamda Sharq madaniyatiga bo‘lgan cheksiz hurmatini aks ettiruvchi muhim madaniy maskandir. Muzey o‘tgan yillar davomida xalqlar o‘rtasidagi adabiy do‘stlik ko‘prigiga aylandi.
📖 Eslatma orqali siz:
Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyining tashkil topish tarixi va faoliyati;
Shoirning Toshkentda o‘tkazgan kunlari hamda o‘zbek ziyolilari bilan uchrashuvlari;
Muzey xazinasidan joy olgan noyob eksponatlar, qo‘lyozmalar va tarixiy fotosuratlar haqida ma’lumot olasiz.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх