🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan bibliografik eslatma taqdim etiladi.
🇺🇿 Millatimiz ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan, mustabid tuzum davrida nohaq qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimiz, ma’rifatparvar jadidlarimiz xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi. Ularning ko‘rsatgan jasorati va qoldirgan ma’naviy merosi bugungi mustaqil taraqqiyotimizning poydevoridir. Xotira — muqaddas, qadrlash esa burchdir.
📖 Eslatma orqali siz:
Qatag‘onlik yillari tarixi va o‘zbek ziyolilarining ayanchli qismati;
Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat singari millat fidoyilarining hayoti va faoliyati;
Mustaqillik yillarida qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot olasiz.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter