#xazinalar_durdonasi 📚

OBUNA

📖 OBUNA (fransuzcha abonner — imzo chekmoq, imzolamoq, yozilmoq) Gazeta, jurnal va shunga o‘xshash vaqtli matbuot nashrlariga oldindan haq to‘lab yozilish.
🔹 Obuna bo‘lmoq, obuna to‘plamoq.
📌 «Vaqtli matbuotga obuna qabul qilish boshlandi.»
Gazetadan misol:
«Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qaysi xo‘jalik yurituvchi subyekt «Hurriyat» gazetasiga dona yillik obuna bo‘lsa, 50 kv.sm. hajmda xabar, e’lon yoki reklamasi yil davomida tekin berib boriladi.»
👤 OBUNACHI
Gazeta, jurnal va shu kabilarga oldindan haq to‘lab yozilgan shaxs yoki tashkilot; mushtariy.
📌 «Obunachilar soni yildan yilga oshmoqda.»

📚 Manba: O‘zbek tilining izohli lug‘ati

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх