NASHR — tarqatish, targ‘ibot, chop etish, bosib chiqarish.
1. Bosma asarni chop qilish, chiqarish.
Kitobni nashrga bermoq. Nashrga tayyorlamoq. Nashr etmoq (qilmoq).
2. Bosma asar.
Fanlar akademiyasi nashri.
Demokratiya sharoitida turfa xil nashrlarning paydo bo‘lishini, shubhasiz, hammamiz tabiiy hol deb bilamiz.
Gazetadan.
3. Bosma asarning har bir chiqarilishi yoki turi.
Kitobning tuzatilgan va to‘ldirilgan nashri. Ilmiy nashr.
Ommaviy informatsiyaning kaliti bo‘lgan telegraf agentliklarining qon tomirlari matbuot nashrlarining hamma tarmoqlariga borib tutashadi.
X. Yodgorov, “Hayot to‘lqinlari”.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
