✨ «Men sevgan asar» mavzusida davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yakkasaroy tumanidagi 91-sonli maktabning "Yulduzlar" nomli yozgi oromgohida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Men sevgan asar" mavzusida davra suhbati hamda kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar haqida fikr almashdilar, sevimli qahramonlari va kitobxonlik taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, markaz fondidagi sara badiiy adabiyotlardan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi bolalarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

🌟 Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yosh avlodning mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobga mehr va kitobxonlik an'analarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

📚 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi — kitob bilan kelajak sari!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх