Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida faoliyat yuritayotgan “Tafakkur o‘chog‘i” klubi a’zolari ishtirokida kitobxonlarning mutolaa madaniyati, kitobga bo‘lgan qiziqishi hamda ularning adabiy didini o‘rganishga qaratilgan so‘rovnoma tashkil etildi.
📖 So‘rovnoma davomida ishtirokchilar tomonidan eng sevimli asarlar, mutolaa jarayonida uchrayotgan muammolar, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.
📝 Tadbirning asosiy maqsadi — kitobxonlar fikrini o‘rganish, axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
🌟 Mazkur so‘rovnoma kitobxonlar bilan ochiq muloqot olib borish, ularning ehtiyoj va qiziqishlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)





