🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimiz uchun eng ulug‘ ne’mat, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ushbu shonli sana barchamizga yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlasin.
Har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, sihat-salomatlik va baxt-saodat tilayman. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi direktori
Naima Xamidovna Shadiyeva

(Без текста)

Прокрутить вверх