Sizlarni yangi o‘quv yili hamda Bilimlar kuni bilan Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazimiz jamoasi va o‘z nomimdan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bilim va kitob — insonni yuksak marralarga yetaklaydigan beqiyos kuchdir. Yangi o‘quv yilida barcha o‘quvchi va yoshlarimizga ulkan zafarlar tilayman. Ilm egallash va dunyoqarashingizni boyitishda kutubxonamiz har doim sizga ishonchli hamroh bo‘lishga tayyor.
Yosh avlodga ma’rifat ulashayotgan muhtaram ustoz va murabbiylarimizga esa sharafli mehnatida kuch-g‘ayrat tilayman.
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi direktori
Naima Shadiyeva
