🇺🇿 ONA TILIM — MILLATIM FAXRI!

📚 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 160-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati hamkorligida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizdagi beqiyos o‘rni, uning tarixiy ahamiyati hamda sofligini asrab-avaylash zarurligi haqida so‘z yuritildi. O‘zbek tilining go‘zalligi va jozibasini tarannum etuvchi she’rlar, fikr-mulohazalar orqali ishtirokchilarda ona tiliga bo‘lgan mehr va ehtirom yanada mustahkamlandi.

📖 Ona tilini qadrlash — millatni qadrlashdir! Tilimizni asrash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.

💐 O‘zbek tilimizning qadri va nufuzi hamisha yuksak bo‘lsin!

#O‘zbekTiliBayrami #OnaTilim #YakkasaroyTAKM #160Maktab #MaʼnaviyMarifiyTadbir

(Без текста)

Прокрутить вверх