🇺🇿 TILGA EHTIROM — ELGA EHTIROM!

📚 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Tilga ehtirom — elga ehtirom” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖 Ko‘rgazmadan o‘zbek tilining boyligi, so‘zlarning ma’no-mazmuni, imlo qoidalari, sinonimlar, frazeologizmlar va tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga oid lug‘atlar hamda adabiyotlar o‘rin oldi.
✨ Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho merosimizdir. Uni asrash, qadrlash, sofligini saqlash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir!
💚 Ona tilimizga ehtirom — millatimizga ehtirom!
#O‘zbekTiliBayrami #OnaTilim #TilgaEhtirom #YakkasaroyTAKM

Прокрутить вверх