🌐 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni!

Tinchlik, bagʻrikenglik va oʻzaro hamjihatlik — har bir jamiyatning mustahkam poydevoridir. Oʻzbekiston bagʻrida 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oiladek, ahillik va doʻstlikda yashab kelmoqda.

Bugungi sana — insonlarni birlashtiruvchi, turli madaniyat va an'analarga boʻlgan hurmatni yanada oshiruvchi qadrli bayramdir. Doʻstlik chegara bilmaydi, u qalblarni bogʻlaydi va kelajakka boʻlgan ishonchimizni mustahkamlaydi.

✨ Barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlugʻ bayram bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimizda hamisha tinchlik, osmonimizda musaffolik, xonadonlarimizda esa ahillik va fayz-u baraka hukm sursin!

🤝 Doʻstligimiz va hamjihatligimiz abadiy boʻlsin!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх