📖 «ILMGA QADAM — KITOBDAN BOSHLANADI!»
Bugungi kunda sun’iy intellekt, zamonaviy shaharsozlik, jamiyat va iqtisodiyot kabi yo‘nalishlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanmoqda.
💡 Ana shunday dolzarb mavzular haqida chuqurroq bilim olish, zamonaviy tafakkurni shakllantirish va dunyoqarashni kengaytirish maqsadida 3 ta qiziqarli va mazmunli kitobdan iborat virtual ko‘rgazmamizni taqdim etamiz.
🤖 STYUART RASSELL
📘 «Insonga mos sun’iy intellekt va nazorat muammosi»
Sun’iy intellektning imkoniyatlari, kelajagi va insoniyat uchun xavfsiz rivojlanishi haqida o‘ylashga undaydigan muhim asar.
🏙 ALEN BERTO
📘 «Loyihasiz tartib»
Shaharlar, bozorlar va jamiyat taraqqiyoti o‘rtasidagi bog‘liqlikni yangicha nigoh bilan yorituvchi qiziqarli kitob.
📈 ABHIJIT V. BANERJI, ESTER DYUFLO
📘 «Qiyin davrlar uchun to‘g‘ri iqtisodiyot»
Murakkab iqtisodiy muammolarga oddiy, amaliy va hayotiy nuqtayi nazardan yondashishga chorlaydigan asar.
Har bir kitob — yangi bilim.
Har bir bilim — yangi imkoniyat.
