🖋 Tomas Pinchon (Thomas Ruggles Pynchon Jr.) 1937-yil 8-mayda dunyoga kelgan. U XX asr ikkinchi yarmi jahon adabiyotida murakkab syujetlari, falsafiy qarashlari va o‘tkir satirik uslubi bilan alohida o‘rin egallaydi.
📖 Adib ijodida:
▪️ postmodernizm,
▪️ qora yumor,
▪️ paranoiya,
▪️ texnologiya va jamiyat munosabatlari,
▪️ inson ruhiyati va tarixiy jarayonlar chuqur aks etadi.
🔍 Tomas Pinchon nafaqat o‘ziga xos badiiy uslubi, balki ommaviy hayotdan yiroq yurishi, shaxsiy hayotini sir tutishi bilan ham adabiyot olamida sirli ijodkor sifatida tanilgan.
📘 Adibning “Vinlandiya” romani hamda “Shoshmayotgan o‘quvchi” hikoyalar to‘plamida qora yumor poetikasi yorqin namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
