🌷 USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK! 🌷

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va hayotiy tajribangiz yosh avlodning kamol topishi, bilim va ma’naviyatini yuksaltirishda beqiyos ahamiyatga ega.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlaringiz va hamkasblaringiz mehr-muhabbati hamda hurmat-e’tiboridan doimo bahramand bo‘ling!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 💐

Hurmat bilan,
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi direktori
Shadiyeva Naima Xamidovna

Прокрутить вверх