📅 1908-yil 7-noyabr kuni Ozarbayjonning Oqtoş şahrida, ziyoli oilada buyuk şoir, dramaturg, tarjimon va adib Maqsud Şayxzoda dunyoga kelgan.
📖 Uning otasi Ma’sumbek şifokor böliş bilan birga san’at, adabiyot, tarix va falsafaga ham katta qiziqiş bildirgan. Oiladagi ilmiy-adabiy muhit Maqsud Şayxzodaning yoşligidanoq şe’riyat va ilmga mehr qöyişida muhim örin tutgan.
🎓 Oqtoşda boşlanğiç va örta ta’limni olgan bölajak adib keyinçalik Boku Oliy pedagogika institutida tahsil olgan. Umrining asosiy qismini Özbekistonda ijod bilan ötkazib, özbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biriga aylangan.
✨ «Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Uluğbek» kabi asarlari orqali tarixiy şaxslar jasorati, xalq taqdiri va insoniy qadriyatlarni badiiy mahorat bilan yoritgan.
📚 Maqsud Şayxzoda qoldirgan boy adabiy meros bugun ham kitobxonlar qalbida yaşab, yangi avlodni ilm-ma’rifat va ezgulikka çorlamoqda.
🌹 Buyuk adib xotirasi va ijodi hamişa barhayot!
