Odamzot tanasida olti a’zo borki, ularning uchtasi o‘ziga bo‘ysunmaydi, uchtasi esa o‘zining hukmida.
👁 Ko‘z, quloq, burun — odamga bo‘ysunmaydi. Ko‘rgisi kelmagan narsasini ko‘rishga, eshitgisi kelmagan gaplar yoki tovushlarni tinglashga, xush yoqmaydigan islarni hidlashga mahkum bo‘ladi.
👅 Til, qo‘l va oyoq esa insonning o‘z hukmida. Til bilan ilohiy kalomlarni, shirin so‘zlarni aytishi yoki aksincha, uni g‘iybat, ig‘vo, yaramas gaplar bilan band etishi mumkin.
🤲 Qo‘llari bilan go‘zal buyumlar yaratishi yoki go‘zallik obidalarini qo‘porishi, ehson va hadya berishi yoki o‘zgalarning mulkini o‘zlashtirib olishi — o‘z ixtiyorida.
🦶 Oyoqlari esa istasa — uni ibodatga, istamasa — yomon yo‘lga olib borishi mumkin.
📖 Tohir Malikning «Mehmon tuyg‘ular» kitobidan.
💭 Insonning qadri — o‘z ixtiyoridagi a’zolarini qanday yo‘lga boshlashida.
