📌 Bugun, 24-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun.
📚 Shu munosabat bilan Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida "Yurt taraqqiyoti yo‘lida" deb nomlangan tematik kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada davlatimiz rahbarining qalamiga mansub hamda O‘zbekistonning yangi davrdagi rivojlanish bosqichlari, islohotlar va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ulkan ishlarni aks ettiruvchi quyidagi muhim asarlar o‘rin olgan:
🔹 "Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston"
🔹 "Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi"
🔹 "Erkin, obod va farovon mamlakatni barchamiz birgalikda barpo etamiz"
🔹 "Inson qadri uchun, el-yurt farovonligi uchun"
🔹 "Bir bo‘lsak — yagona xalqmir, birlashsak — Vatanmiz"
🔹 "Solnoma: Prezident faoliyati xronikasi" va boshqa qimmatli manbalar.
📖 Barcha kitobxonlarimiz, tadqiqotchi hamda yoshlarimizni taklif etamiz! Kelib, ushbu nodir va mazmunli asarlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
