Bugun o‘zbek estradasining yorqin namoyandasi, bastakor, aktyor va afsonaviy Farruh Zokirov 80-yoshni qarshi oldi.
U 1946-yil 16-aprel kuni Toshkent shahrida san’atkorlar oilasida dunyoga kelgan. Farruh Zokirov uzoq yillardan buyon afsonaviy Yalla ansamblining badiiy rahbari sifatida o‘zbek estradasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
🎵 “Uchquduq”, “Choyxona”, “Shahrisabz” kabi dillarga yaqin qo‘shiqlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan.
✨ San’atkorni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz, ularga mustahkam sog‘lik va yana ko‘plab ijodiy zafarlar tilaymiz!
#FarruhZokirov #Yalla #16aprel #TavalludKuni #EstradaAfsonasi
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
