Ba’zan bir insoniy qalb harorati tibbiyot va fan ojiz qolgan joyda moʻjizalar yaratishi mumkinligiga ishonasizmi?
Bugun sizga oʻzbek adabiyotining ulkan vakili Rahmat Fayziyning qalblarni qaltiratuvchi «Ona» hikoyasini tavsiya etamiz!
👶 Asar syujeti haqida: Urush yillari… Farzandsiz Mehri opa va Mahkam aka shifoxonadan ogʻir xasta, besh oylik yetim chaqaloq — Valijonni tarbiyaga olishadi. Shifokorlar bolaning yashab ketishiga umid bogʻlashmaydi. Ammo Mehri opaning cheksiz onalik mehr-muhabbati, tunlarni bedor oʻtkazib, murgʻak goʻdakni koʻksiga bosgan harorati tufayli kutilmagan moʻjiza yuz beradi — uning quruq koʻksidan tirqirab sut keladi… U Valijonni nafaqat suti, balki butun yurak harorati bilan hayotga qaytaradi.
✨ Urush yillarida oʻzbek xalqining bagʻrikengligi, oʻzga yurt bolasini oʻz jigargandasidek ardoqlashi goʻzal va samimiy ochib berilgan.
Ushbu ta'sirli asarni mutolaa uchun tavsiya etamiz.
