📖 MUTOLAA UCHUN TAVSIYA

🖋 Matyoqub Qo‘shjonov
📘 “Diydor: Ulug‘lar bilan o‘tgan onlarim…”

O‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchilik maktabining yirik vakili, akademik Matyoqub Qo‘shjonovning ushbu asari esdalik janrida yozilgan bo‘lib, muallifning sermazmun hayot yo‘li, ilmiy va ijodiy faoliyati, turli davrlarda mashhur adiblar, olimlar va jamoat arboblari bilan bo‘lgan muloqotlari asosida shakllangan.
Kitobda insoniy munosabatlar, ilmiy hamkorlik va ijodiy jarayonlar jonli voqealar orqali yoritiladi. Asar samimiylik, xolislik va badiiy ifoda uyg‘unligi bilan o‘quvchiga katta ta’sir qoldiradi. Bu kitob nafaqat esdalik, balki ma’naviy saboq va ibrat manbai hamdir.
📌 Asar mundarijasi hayot, ilm, adabiyot va ijodning turli qirralarini qamrab olgan bo‘lib, ulug‘ siymolar bilan kechgan unutilmas lahzalarni yoritadi.

📍 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi sizni mutolaa olamiga chorlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх