5-may Qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, iste’dodli shoir, dramaturg, tarjimon va jamoat arbobi Ibroyim Yusupov tavallud topgan kun.

🖋 Ibroyim Yusupov (1929–2008) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni. U, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi muallifi sifatida ham e’tirof etiladi.

📖 Shoir 1929-yil 5-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumaniida tug‘ilgan. 1949-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagan.

📚 Shoir ijodi xalq tarixi, Vatan va insoniylikni ulug‘lash bilan ajralib turadi. Uning asarlari keng kitobxonlar qalbidan joy olgan.

🌍 Shuningdek, u Shekspir asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilishda ham katta hissa qo‘shgan.

🕊 2008-yil 24-iyulda vafot etgan bo‘lsa-da, uning boy adabiy merosi bugun ham yuksak qadrlanib kelmoqda.

✨ Uning nomi va ijodi qalblarda mangu yashaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх