🖋 Hamid Sulaymonov (1910–1979) — filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. U, ayniqsa, navoiyshunoslik yo‘nalishida muhim ilmiy ishlar olib borib, “Xazoyin ul-maoniy” asarining ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlagan.
📜 Olim Navoiy asarlarining noyob qo‘lyozmalarini to‘plash va tadqiq etishda ham katta hissa qo‘shgan.
🏛 Turli ilmiy muassasalarda faoliyat yuritib, Qo‘lyozmalar institutiga asos solgan va uning ilk direktori bo‘lgan.
🏢Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi ham “Hamid Sulaymon” nomli mahallada joylashgani bilan olim nomi bilan uzviy bog‘liqdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
