O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 59-sonli buyrug‘i ijrosi hamda iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o‘tkazilayotgan "Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman "Kelajak" markazida yoshlar bilan "Yoshlar va kitobxonlik" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni hamda yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun yangi adabiyotlar va zamonaviy nashrlardan iborat yangi kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ularga kutubxona fondiga kelib tushgan yangi kitoblar haqida ma’lumotlar berildi.
📖 Kitob — bilim va tafakkur manbai, yoshlar esa mamlakatimiz kelajagidir!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)



