🔹 Sadriddin Ayniy — yozuvchi, olim va XX asr jamoat arbobi bo‘lib, o‘zbek hamda tojik adabiyotining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. U nafaqat ijodkor, balki tarixshunos va adabiyotshunos sifatida ham samarali ilmiy faoliyat olib borgan.
🔹 Adib o‘z asarlarida Rudakiy, Ibn Sino, Sa’diy Sheroziy, Abdulla Bedil, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi buyuk allomalar hayoti va ijodini yoritgan.
🔹 U 1878-yil 15-aprelda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani Soktari qishlog‘ida tavallud topgan. 1905-yildan boshlab mashhur shoir sifatida tanilgan va uning she’rlari saylanma to‘plamlarga kiritilgan.
📖 Asarlari:
“Tojik adabiyoti namunalari”, “Odina”, “Doxunda”, “Qullar”, “Sudxo‘rning o‘limi”, “Xotiralar”.
🕊 Adib 1954-yil 15-iyulda Dushanbe shahrida vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
