📚 15-aprel -o‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandasi Sadriddin Ayniy tavallud topgan kun.

🔹 Sadriddin Ayniy — yozuvchi, olim va XX asr jamoat arbobi bo‘lib, o‘zbek hamda tojik adabiyotining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. U nafaqat ijodkor, balki tarixshunos va adabiyotshunos sifatida ham samarali ilmiy faoliyat olib borgan.

🔹 Adib o‘z asarlarida Rudakiy, Ibn Sino, Sa’diy Sheroziy, Abdulla Bedil, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi buyuk allomalar hayoti va ijodini yoritgan.

🔹 U 1878-yil 15-aprelda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani Soktari qishlog‘ida tavallud topgan. 1905-yildan boshlab mashhur shoir sifatida tanilgan va uning she’rlari saylanma to‘plamlarga kiritilgan.

📖 Asarlari:
“Tojik adabiyoti namunalari”, “Odina”, “Doxunda”, “Qullar”, “Sudxo‘rning o‘limi”, “Xotiralar”.

🕊 Adib 1954-yil 15-iyulda Dushanbe shahrida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх