📚 2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuni

🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida ushbu sana munosabati bilan bolajonlar va kitob ixlosmandlari ishtirokida davra suhbati hamda kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida bolalar adabiyotining ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni mutolaaga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar sevimli asarlari haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.
📚 Ko‘rgazmada bolalar uchun mo‘ljallangan rang-barang ertaklar, ensiklopediyalar va zamonaviy adabiyotlar namoyish etildi.
✨ Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
#XalqaroBolalarKitoblariKuni #YakkasaroyAKM #Kitobsevarlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Telegram|Facebook|InstagramYouTube|Twitter

Прокрутить вверх