📚 2-aprel

Buyuk daniyalik yozuvchi va mashhur ertaknavis Hans Kristian Andersen tavallud topgan.

U jahon adabiyotida o‘zining betakror ertaklari bilan alohida o‘rin egallagan ijodkorlardan biridir. Andersen asarlarida insoniylik, mehr, sabr va orzu-umidlar chuqur tasvirlanadi.

📖 Uning mashhur asarlari:
✨ “Qo‘rg‘oshin soldatcha” (1838)
✨ “Bulbul” (1843)
✨ “Irkit o‘rdakcha” (1843)
✨ “Qor malikasi” (1844)
✨ “Ona” (1848)
Shuningdek, “Suratsiz surat kitobi”, “Improvizator” romani hamda boshqa ko‘plab asarlari orqali u adabiyot ixlosmandlari qalbidan joy olgan.

🌍 Andersen ijodi bugungi kunda ham dunyo bolalari va kattalari tomonidan sevib o‘qiladi. Uning ertaklari o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.

🕯 Buyuk ertaknavis 1875-yil 4-avgustda Kopengagenda vafot etgan.

📌 Andersen ertaklari — bolalik sehrini uyg‘otuvchi, qalbga iliqlik baxsh etuvchi bebaho merosdir.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх