📚 3-may — o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, iste’dodli yozuvchi, shoir va jurnalist Mirmuhsin Mirsayidov tavallud topgan kun.

Adib 1921-yil 3-mayda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 1941-yilda Toshkent pedagogika institutining Til va adabiyot fakultetini tamomlagan. U “Sharq Yulduzi”, “Mushtum” va “Guliston” jurnallarida bosh muharrir sifatida faoliyat yuritib, milliy matbuot rivojiga katta hissa qo‘shgan.

Mirmuhsin ijodi rang-barang va sermahsul bo‘lib, uning qalamiga mansub ko‘plab asarlar kitobxonlar qalbidan joy olgan. Jumladan:
📖 “Usta G‘iyos”
📖 “Yashil qishloq”
📖 “Shiroq”
📖 “Dorbozlar”
📖 “Jamila”
📖 “Chiniqish”
📖 “Umid”
📖 “Me’mor”
📖 “Chotqol yo‘lbarsi”
📖 “Temur Malik”

1974-yilda “Umid” romani uchun Hamza nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1981-yilda esa unga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan.

Adib 2005-yil 3-fevralda 84 yoshida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх