Rasul Rizo (1910–1981) — Ozarbayjon xalq shoiri, atoqli adib va jamoat arbobi. U Gyoychay tumanida tavallud topgan.
Shoirning ilk she’ri 1927-yilda chop etilgan bo‘lib, keyinchalik “Derazamga tushgan yog‘du”, “Ranglar”, “Kecha, bugun, ertaga” kabi ko‘plab asarlari nashr etilgan.
Rasul Rizo nafaqat she’riyat, balki bolalar adabiyoti, publitsistika va tarjima sohasida ham samarali ijod qilgan. Uning asarlari ko‘plab tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.
🖋 Shoirning boy ijodi bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
