📚 Uyi barobar kitob yozgan adib

✍🏻Ustoz Abdulla Qahhor Lev Tolstoyni “bo‘yi barobar kitob yozgan” deya ta’riflagan. Shu ma’noda, ispan dramaturgi Lope de Vega (1562–1635) haqida ham bemalol “uyi barobar kitob yozgan” deyish mumkin. Chunki u qariyb 2000 ta pyesa va 3000 ga yaqin sonet muallifi hisoblanadi. De Vega asarlarining 426 tasi bugungi kungacha yetib kelgan.
Dramaturg asosan tarixiy, ishqiy va hajviy mavzularda ijod qilgan. Uning pyesalari Uyg‘onish davri ispan dramaturgiyasining mumtoz namunalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх