📖 1. Yaxshi mualliflar asarlarini mutolaa qilgan inson nafaqat fikrlashni, balki ravon va chiroyli so‘zlashni ham o‘rganadi.
📖 2. Insonning madaniy saviyasi o‘qigan kitoblari soni bilan emas, balki ulardan olgan bilimi va hayotda qo‘llay olishi bilan o‘lchanadi.
📖 3. Kitob o‘qishni odat qilgan inson bilim, tafakkur va dunyoqarashi bilan boshqalardan bir qadam oldinda bo‘ladi.
📖 4. Kitob filmdan ustundir. Chunki mutolaa davomida tasavvuringiz cheksiz olam yaratadi, film esa faqat tayyor manzarani namoyon etadi.
📖 5. Qancha ko‘p kitob o‘qisangiz, shuncha mustaqil fikrlaydigan, o‘z yo‘liga ega shaxsga aylanasiz.
✨ Kitob mutolaasi — tafakkur, ma'naviyat va muvaffaqiyat sari eng ishonchli yo‘ldir.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
