Aziz farzandim! Unutmang, umringiz — sizning siringizdir.
Umr yo‘lida uchraydigan quvonch va tashvishlarni munosib yengish uchun astoydil mehnat qilish, o‘z ustingizda ishlash va o‘qib-o‘rganish zarur.
☝️ O‘zingizdan so‘rang:
“Bugun quyosh botguncha nima ish qildim?”
Agar bu savolga vijdoningiz oldida dadil javob bera olsangiz — demak, kuningiz bejiz o‘tmagan.
‼️ Unutmang!
Kitob hayotingizda doimo kerak bo‘ladi.
U sizga bilim beradi, evaziga hech narsa so‘ramaydi.
Siringizni saqlaydi, qalbingizga taskin beradi.
📖 Jaloliddin Rumiy aytganidek:
“Mo‘jiza emasdir falakda oftob,
Mo‘jiza aslida beminnat kitob.”
✨ Kitob bilan yashang, kitob bilan ulg‘aying!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
