🕊 “Jadidlar – mangu xotiramizda” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida jadid adabiyoti va ma’rifatparvarlik harakatining yorqin namoyandalari xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida jadidlarning millat ravnaqi, ilm-ma’rifat va ozodlik yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, ularning boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan jadid adiblarining hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar, she’r va parchalar o‘qib eshittirildi.
✨ Davra suhbati yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’rifatga intilish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
📖 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi — ma’naviyat va ma’rifat maskani!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх