✍️ Mashhur yozuvchilar qanday ijod qilgan?

📚 92 yillik umri davomida 78 ta kitob yozgan Somerset Moem ijodni ilhom emas, odat va intizom deb bilgan.

Biografining ta’kidlashicha, u qiziqishi sabab emas, balki yozishga o‘rganib qolganidan qalam tebratgan. Yozuvchi o‘zi ham yozishni ichkilikka qiyoslab shunday degan:

“Ikkalasiga ham oson chalinish mumkin, lekin qutulish og‘ir.”

🖋 Adib har kuni 1500 ta so‘z yozishni odat qilgan.
U ijod jarayoni haqida shunday degan edi:

“Yozayotganingda, qahramon yaratayotganingda u hamisha sen bilan bo‘ladi, sen u bilan mashg‘ulsan, u nafas oladi, yashaydi.”

Yozishga o‘rganib qolgan bu adib, qalamni qo‘ygan paytlarida o‘zini juda yolg‘iz his etgan.

✨ Xulosa: Ijod – ilhom kelishini kutish emas, balki har kuni mehnat qilishdir.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх