🇺🇿 15-fevraldan 15-martga qadar yurtimizda “Ayollarni e’zozlash” oyligi o‘tkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularni e’zozlash va qadrlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
✍🏻Shu munosabat bilan Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi, Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi hamda Yunus Rajabiy MFY hamkorligida
🌸 “Zulfiya — vafo va sadoqat kuychisi” nomli davra suhbati o‘tkaziladi.
Tadbirda shoira hayoti va ijodi, uning vafo, sadoqat va mehr tarannum etilgan she’rlari haqida suhbat va fikr almashuvlar bo‘lib o‘tadi.
📅 Sana: 27-fevral 2026-yil
🕒 Vaqti: 14:30
📍 Manzil: Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy MFY, Vosid Vohidov ko‘chasi, 15-uy
Barchangizni ushbu ma’naviy uchrashuvga taklif etamiz! 🌷
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
