Inson qalbiga ilm nurini olib kiradigan, kitobga mehr uyg‘otadigan, ma’naviyat va tafakkur rivojiga xizmat qiladigan sharafli kasb egalari — kutubxonachilar har qanday e’tirofga munosibdir. 🌸
Kutubxonachi — bu shunchaki kitob beruvchi emas, balki kitobxon qalbiga yo‘l topuvchi, yoshlarni bilim va tafakkur sari yetaklovchi ma’naviyat targ‘ibotchisidir.
Bugun yurtimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni ilm-fanga oshno etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha soha xodimlariga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz tufayli kitobga bo‘lgan mehr, ma’rifatga bo‘lgan intilish yanada yuksalmoqda. 📖
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kuch-g‘ayrat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌺
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt/Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
