✍🏻59-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o‘tkazilayotgan "Yoshlar kuni" doirasida Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazida rahbar va yoshlar ishtirokida "Men sevgan asar" mavzusida kitob taqdimoti tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar haqida fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, kitoblarning inson kamoloti, dunyoqarashi va ma’naviy tarbiyasidagi o‘rni haqida suhbatlashdilar. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va kitobga mehr uyg‘otish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📖 Kitob – tafakkur manbai, mutolaa esa taraqqiyot sari yetaklovchi eng muhim qadamlardan biridir.
#YoshlarKuni #MenSevganAsar #KitobTaqdimoti #Mutolaa #YakkasaroyAKM #KitobxonlikMadaniyati
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)




