📚 Mutolaa madaniyatini yuksaltirish yo‘lida

📍 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti TING-2508 guruhi 1-bosqich talabalari ishtirokida “Kitobxon” so‘rovnomasi o‘tkazildi.
📝 Mazkur so‘rovnoma talabalarning kitobxonlik madaniyati, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishi, sevimli asarlari hamda adiblarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
📖 So‘rovnoma jarayonida talabalar faol ishtirok etib, kitobning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi beqiyos o‘rni haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
🌟 Bunday tadbirlar yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda ularning bilim va dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх