📚 MUTOLAA UCHUN TAVSIYA

Mirmuhsin — “Me’mor”

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Mirmuhsin Mirsaidovning ushbu romani o‘tmish me’morlarining hayoti, ularning beqiyos san’ati hamda murakkab davr ziddiyatlarini yoritadi.

Asarda nafaqat me’morchilik san’ati, balki o‘sha zamon shohlari va shahzodalari o‘rtasidagi munosabatlar, oddiy xalqning og‘ir turmushi ham ta’sirchan va hayotiy misollar orqali tasvirlangan.

Roman qahramonlari — Najmiddin Buxoriy, Badia, Zavrak, G‘avvoslar obrazi orqali insoniy munosabatlar, adolat mezoni, Vatan saodati va onalik muhabbati chuqur va yorqin ifoda etiladi.

📖 Mazmunli va tarixiy ruhdagi asarlarni sevuvchilar uchun ajoyib tanlov!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх