📚 YANGI ADABIYOTLARGA BUYURTMA BERISH BO‘YICHA SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 160-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. 📖
📝 So‘rovnoma davomida o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlari, sevimli adabiy janrlari va mutolaa qilishni istagan kitoblari aniqlandi.

📊 So‘rovnoma natijalari:
🔹 O‘quvchilar badiiy adabiyotlar, sarguzasht va fantastik asarlarga qiziqish bildirdilar.
🔹 Jahon va o‘zbek adabiyoti namunalari, shuningdek, zamonaviy yoshlar adabiyotlariga talab mavjudligi kuzatildi.
🔹 O‘quvchilarning takliflari asosida kelgusida kutubxona fondiga buyurtma qilinadigan yangi kitoblar ro‘yxatini shakllantirish rejalashtirildi.
🎯 Mazkur so‘rovnoma yosh kitobxonlarning talab va istaklarini o‘rganish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kutubxona fondini o‘quvchilar ehtiyojiga mos adabiyotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.

(Без текста)

Прокрутить вверх