📖59-sonli buyruq asosida, Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni munosabati bilan “Navoiy hikmatlari — bugungi kun yoshlari uchun hayot sabog‘i” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning hikmatlari, ma’naviy-axloqiy qarashlari hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
💡 Suhbatda Navoiy ijodidagi ilm-ma’rifat, ezgulik, halollik, insonparvarlik, vatanparvarlik va komillikka intilish kabi yuksak qadriyatlarning bugungi yoshlar hayotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
🌟 Zero, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi — yosh avlod uchun hayot yo‘lini yorituvchi ma’naviy chiroqdir!
📚 Kitob — tafakkur manbai, hikmat — hayot sabog‘i!
#YoshlarKuni #NavoiyHikmatlari #HayotSabogi #YakkasaroyTAKM #Mutolaa #MaNaviyat #Yoshlar
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)



