🗓Bugun — 3-may. Ushbu sana dunyo miqyosida, jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida keng nishonlanadi.
Matbuot erkinligi — so‘z, shaxs va vijdon erkinligi kabi muhim siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishini, insonlarning o‘z fikr va tuyg‘ularini ochiq hamda to‘siqlarsiz ifoda etish imkoniyatini anglatadi.
Shu munosabat bilan barcha fidoyi ommaviy axborot vositalari xodimlarini, qadrli ustoz va ijodkorlarni 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik-xotirjamlik hamda ijodiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
