📰 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Bugungi axborot asrida jamiyatni tezkor, xolis va ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlashdek sharafli vazifani sidqidildan ado etib kelayotgan barcha jurnalistlar, muharrirlar, matbuot kotiblari, operatorlar, fotomuxbirlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz.
📚 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi sizlarning jamiyat hayotidagi o‘rningiz va fidokorona mehnatingizni yuksak qadrlaydi. Sizlar tomonidan tayyorlanayotgan har bir xabar, maqola va lavha xalqimizning xabardorligi, ma’naviy yuksalishi hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
📰 Muhtaram matbuot fidoyilari!
Qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz ta’sirchan, nigohingiz teran bo‘lsin! Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz.
🎉 Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi.

Прокрутить вверх